Rossiya-Ukraina uruşiga çek qöyiş uçun Vladimir Putin Ğarb yetakçi davlatlaridan NATO şarq tomon kengaymasligi haqida «yozma kafolat» olişni istamoqda, deb xabar berdi Reuters Kreml pozitsiyasidan xabardor manbalarga tayanib.

Rossiyaning bu talabi Ukraina, Gruziya, Moldova va ilgari SSSR tarkibida bölgan boşqa mamlakatlarning ittifoqqa qöşiliş fikridan rasman voz keçişini anglatadi.

Şuningdek, tinçlik kelişuvi evaziga Rossiya quyidagilarni talab qilmoqda:

- Ukraina «neytral bölişi kerak» (Reuters bu nimani anglatişini yozmadi);

- Ğarbning ba’zi sanksiyalari bekor qilinişi lozim;

- Rossiyaning muzlatilgan aktivlari masalasi Ğarbda «ijobiy hal qilinişi» kerak;

- Ukrainada rus tilida sözlaşuvçilarning himoyasi ta’minlanişi lozim.

«Putin tinçlik örnatişga tayyor, lekin ba’zi şartlar bilan», dedi Reuters manbalaridan biri.

Agar Putin öz şartlari bilan tinçlik kelişuviga erişa olmasligini tuşunsa, dedi manbalaridan biri, u ukrainaliklar va yevropaliklarga «ertaga tinçlik yanada alamliroq bölişini» harbiy ğalabalar bilan isbotlaşga intiladi.

Kreml sanksiyalar va iqtisodiyot uçun oqibatlariga qaramay, yillar davomida uruş olib borişga işonadi, deb qöşimça qildi u. Va agar Putin jang maydonida taktik imkoniyatni körsa, Ukrainada yanada oldinga siljiydi, deb ogohlantirdi manba.

Yana bir manbaning aytişiça, Putin endi hudud böyiça murosa qilişga unçalik moyil emas va Rossiya anneksiya qilingan Ukrainaning barça törtta viloyatini öz nazoratida qoldirişi kerak degan pozitsiyasiga amal qilmoqda. «Putin öz pozitsiyasini keskinlaştirdi», dedi u.

AQŞ vositaçiligida Rossiya-Ukraina uruşini tugatiş böyiça muzokaralar fevral oyidan beri davom etmoqda, biroq hozirça sezilarli muvaffaqiyatga erişilmadi.

Kiyev va Yevropa Moskvani muzokaralarni çözayotganlikda ayblamoqda. AQŞ prezidenti Donald Tramp uruşni imkon qadar tezroq tugatişni xohlaşini bir neça bor ta’kidlagan. Vaşington muzokaralar muvaffaqiyatsizlikka uçrasa, undan çiqiş va Rossiyaga qarşi qöşimça sanksiyalar joriy etiş bilan tahdid qilgan.