Özbekiston bojxonaçilari may oyi boşida import gibrid avtomobillardan kamida Yevro-4 ekologik toifasiga mosligini tasdiqlovçi ekologik sertifikat talab qila boşlagan edi. 3 may kuni Oliy Majlis Senati bayonot berib, bu masalada ekologiya vaziriga senator sörovi yuborilganini ma’lum qilgandi.

Senatning bugun, 28 may kungi yalpi majlisida şu masala muhokama qilindi.

Sörov muallifi, Senatning ekologiyaga mas’ul qömitasi raisi Anvar Töyçiyevning aytişiça, Ekologiya vazirligining javobida ayrim ma’lumotlar tuşib qolgan, ayrimlari oçiqlanmagan. Şu sababli senatorlar jamoatçilik savollariga aniq javob berolmagan.

Töyçiyev majlisda iştirok etayotgan Ekologiya vazirligi va Bojxona qömitasi mas’ullaridan ayrim jihatlarga aniqlik kiritib berişni söradi.

«Hozirgi kunda mamlakatimizga olib kirilayotgan M va N toifadagi elektr dvigateli bilan jihozlangan gibrid avtomobillarni bojxona organlarida rasmiylaştiriş qanday? Sertifikat talab qilinyaptimi yoki qilinmayaptimi?» – deya savol berdi senator.

Senatning Agrar, suv xöjaligi masalalari va ekologiya qömitasi raisi Anvar Töyçiyev

Ekologiya vazirining birinçi örinbosari Obidjon Qudratovga köra, amaldagi nizomga muofiq, faqatgina gaz, benzin va dizel yoqilğisida harakatlanuvçi dvigatelga ega, M va N toifadagi avtomobillar ekologik sertifikatlanadi.

«Bugungi kunda elektrodvigatelli transport vositalarini ekologik sertifikatlaş talab etilmasligi belgilab qöyilgan. Gibrid avtomobillar uçun istisno holatlar belgilanmagan. Bu böyiça Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi işlab çiqilib, vazirlik va idoralar bilan kelişildi», – dedi Qudratov.

Vazir örinbosarining qöşimça qilişiça, ayni paytda gibrid avtomobillardan ekologik sertifikat talab qilinmayapti.

Senat raisi Tanzila Norboyeva odamlardan tölov undirilgani qançalik töğri yoki notöğriligini söradi.