Özbekiston elçixonasida şu munosabat bilan Abdulkarim al-Hindal va Unique Travel kompaniyasi ijroçi direktori Suad al-Mahri bilan uçraşuv taşkil etildi.

Uçraşuv avvalida kuvaytlik maşhur bloger Abdulkarim al-Hindalga Özbekistonning Kuvaytdagi turizm elçisi etib tayinlaş töğrisidagi qaror va sertifikat tantanali ravişda topşirildi.

Abdulkarim al-Hindal Özbekiston hukumati va mamlakat elçixonasiga Özbekistonning Kuvaytdagi turizm elçisi etib tayinlangani uçun minnatdorlik bildirdi hamda sayyohlik salohiyatini keng tarğib qilişga barça kuç va imkoniyatini safarbar etişini bildirdi.

"Özbekistonning Kuvaytdagi turizm elçisi etib tayinlanganimdan juda xursandman. Menga bildirilgan işonç juda katta mas’uliyat hamdir. Özbekistonga bölgan safarlarim davomida özbek xalqining mehmondöstligi va oçiq köngilligiga şaxsan guvoh bölganman. Şuningdek, Özbekistonning Samarqand va Buxoro kabi şaharlaridagi qadimiy obidalarning gözalligi meni öziga maftun etdi. Özbek milliy taomlari, jumladan, palov menga juda yoqdi. Kelgusida Özbekiston elçixonasi bilan birgalikda yurtingiz sayyohlik salohiyatini keng tarğib qiliş böyiça işlarni yanada jadallaştiramiz", dedi u.

Muloqot davomida elçixona bilan hamkorlikda Kuvaytda mamlakat turizm salohiyati va Özbekiston turizm brendini keng tarğib qiliş, sayyohlik loyihalarini amalga oşiriş, yetakçi OAVda yurtimiz salohiyati haqida maqolalar çop etiş böyiça kelişib olindi.