Yevropa Ittifoqi Kengaşining 27 may, seşanba kuni e’lon qilingan bayonotiga köra, Yevropa Ittifoqi 150 milliard yevrolik Security Action for Europe (SAFE) mudofaa fondini yaratişni ma’qulladi.
Press-relizda aytilişiça, yangi jamğarma «qöşma xaridlar orqali mudofaa sanoati işlab çiqarişiga sarmoya kiritmoqçi bölgan a’zo davlatlarni qöllab-quvvatlaydi» va «Yevropaning mudofaa texnologik va sanoat bazasiga şoşilinç va keng kölamli sarmoyalarni» moliyalaştiradi.
«Maqsad işlab çiqariş quvvatini oşiriş, kerak bölganda mudofaa uskunalari mavjudligini ta’minlaş va mavjud imkoniyatlar böşliqlarini töldiriş, natijada Yevropa Ittifoqining umumiy mudofaa qobiliyatini mustahkamlaş», — deyiladi bayonotda.
Bundan taşqari, SAFE Yevropa Ittifoqiga Ukrainani «mudofaa sanoatini boşidanoq qöşiş orqali» qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş imkonini beradi.
E’lon qilingan rejaga köra, fonddan pul mablağlari manfaatdor a’zo davlatlarga sörov böyiça «raqobatbardoş» stavkalarda uzoq muddatli kreditlar şaklida ajratiladi. Şu bilan birga, kredit oluvçilar kamida ikkita boşqa davlat bilan birgalikda xaridlarni amalga oşirişi kerak böladi.









