Milliarder va AQŞ hukumati samaradorlik departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask Amerika ma’muriyatidagi vakolatlari muddati tugayotganini aytdi va prezident Donald Trampga minnatdorçilik bildirdi.

«Maxsus davlat xizmatçisi sifatidagi vakolat muddatim yakuniga yetayotgani sababli, prezident Donald Trampga isrofgarçiliklarni kamaytiriş imkoniyati berilgani uçun minnatdorçilik bildirmoqçiman», – deb yozdi u özining X ijtimoiy tarmoğida.

Tadbirkor özi boşqargan Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) «missiyasi» kelajagiga şubha qilmasligini qöşimça qildi. Uning fikriça, u «vaqt ötgan sari kuçayadi, butun hukumat uçun hayot tarziga aylanadi».

«DOGE missiyasi vaqt ötişi bilan faqat mustahkamlanadi, çunki u barça davlat hokimiyati organlarida hayot tarziga aylanadi», – deya qöşimça qildi u.

Bir kun avval Mask CBS telekanaliga bergan intervyusida Trampning soliq va budjet böyiça «katta va çiroyli» qonunidan hafsalasi pir bölganini aytgandi. Uning fikriça, qonun xarajatlarni qisqartiriş böyiça sa’y-harakatlarga putur yetkazadi va budjet taqçilligi oşişiga olib keladi.

Tramp ikkinçi bor prezidentlikka saylangaç, Maskni «maxsus davlat xizmatçisi» etib tayinlagandi, bu unga davlat uçun yiliga 130 kun işlaş imkonini berdi. 20 may kungi inauguratsiyadan hisoblaganda, bu muddat may oyi oxiriga kelib tugardi.

Sönggi voqealar Oq uy payşanbaga ötar keçasi Tesla va SpaceX asosçisini davlat xizmatçisi lavozimidan böşatiş böyiça rasmiy jarayonni boşlaganini körsatmoqda.

Reuters öz manbalariga tayanib, Mask iste’foga çiqişini e’lon qilişdan oldin Tramp bilan gaplaşmaganini xabar qilgan. Şu bilan birga, ularning sözlariga köra, qaror «oliy darajada» qabul qilingan.

Şuningdek, agentlik manbasining aytişiça, Maskning ketişi «tez va qandaydir marosimlarsiz» keçgan.

Aprel oyida Mask öz kompaniyalarida köproq işlaşni rejalaştirayotganini, DOGE uçun esa haftasiga atigi bir-ikki kun ajratişini aytgandi. Keyinçalik u siyosiy loyihalar uçun xayriyalarni kamaytirişni rejalaştirayotganini aytdi.

Mask DOGE öz oldiga qöygan barça maqsadlariga erişa olmaganida AQŞda ildiz otgan byurokratiyani ayblagan, biroq AFP ta’kidlaşiça, uning avtoritar uslubi va Vaşingtondagi joriy siyosiy jarayonlardan bexabarligi ham muhim rol öynagan.

«Federal byurokratiya bilan boğliq vaziyat men öylagandan ham yomonroq, – degandi u. – Muammolar borligini bilardim, lekin yumşoq qilib aytganda, Vaşingtondagi vaziyatni yaxşilaş juda qiyin vazifa».