Joriy yilning 27 may kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligida vazir örinbosari Ilhom Umrzoqov Xitoyning China Southern Power Grid International (HK) Co., Ltd. (CSGIHK) kompaniyasi vitse-prezidenti Fan Yaliang boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida tomonlar Xitoy va Özbekiston örtasidagi «har qanday ob-havo şaroitida işlovçi keng qamrovli strategik şeriklik» munosabatlari doirasida energetika sohasidagi hamkorlik istiqbollarini, xususan, gidroenergetika sohasida amalga oşirilişi rejalaştirilayotgan nasos-akkumulyatorli gidroelektr stansiyalari (NAGES) böyiça loyiha jarayonlarini muhokama qildi.
Ta’kidlanişiça, bunday loyihalar elektr-energiya tarmoqlaridagi barqarorlikni oşirişda muhim ahamiyatga ega.
Şuningdek, uçraşuvda hududlarda elektr-energiya taqsimoti tarmoqlarini modernizatsiya qiliş böyiça CSGIHK tomonidan ilgari surilgan taşabbuslar ham özaro muhokama qilindi. Delegatsiya şu kabi loyihalarda potensial investor sifatida iştirok etiş böyiça dastlabki loyiha hujjatlarini işlab çiqişni boşlaşga tayyorligini ma’lum qildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar rejadagi loyihalarni tezkor va samarali tatbiq etiş maqsadida doimiy texnik va institutsional muloqotni davom ettirişga kelişib oldi.









