Xususan, Rossiya Federatsiyasi va Qozoğiston Respublikasidan yurtimizda faoliyat yurituvçi mas’uliyati çeklangan jamiyatlar nomiga yuborilgan tovarlar ortilgan 2 ta “GAZ” rusumli yuk avtotransport vositalari Toşkent viloyatidagi “Yallama” çegara-bojxona postiga “qizil yölak”da kirib kelganlaridan söng, ularni töliq bojxona körigidan ötkaziş maqsadida bojxona xodimi kuzatuvi ostida, belgilangan manzil bojxona postiga yönaltirildi.

Lekin, yarim yölda bojxona xodimi maşinalarni belgilangan manzilgaça kuzatib bormasdan, ularni nazoratsiz qoldirib, erkin harakatlanişlariga zamin yaratgan.

Bundan foydalangan haydovçilar yönalişni özgartirib, Yuqori Çirçiq tumanida yaşovçi fuqaroning xonadoniga borişgan.

Söngra Rossiya va Qozoğistondan kitob, aksessuar va kiyim-keçaklar orasiga yaşirgan holda olib kelingan, tegişli hujjatlari bölmagan, “Aktovegin”, “Kleksan”, “Remaksol” kabi 214 nomdagi jami 52 459 dona dori vositalarini yuk maşinasiga örnatilgan bojxona muhrini buzmagan holda xonadonga tuşirib, belgilangan manzil bojxona posti tomon yölga çiqqan vaqtlarida ular Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bojxona qömitasining şaxsiy xavfsizlik boşqarmasi xodimlari tomonidan uşlandi.

Sifati kafolatlanmagan uşbu dori vositalarining umumiy qiymati 5 mlrd 353 mln sömni taşkil etadi.

Tergovga qadar tekşiruv davomida, hozirda şaxsiga aniqlik kiritilayotgan Qozoğiston fuqarosi mazkur tovarlarni qöşni davlatdan mamlakatga ötkazib berişlari evaziga yuk avtomaşinalari haydovçilariga 2000 AQŞ dollari va’da qilganligi ma’lum böldi.

Hozirda yuk maşinalari haydovçilari va dori vositalari tuşirilgan Yuqori Çirçiq tumanidagi xonadon egasiga nisbatan Jinoyat kodeksining 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Şuningdek, xizmat majburiyatini tölaqonli bajarmay, xorijdan noqonuniy olib kelingan dori vositalarini yuk maşinalaridan tuşirib qoldirilişiga zamin yaratgan “Yallama” çegara-bojxona posti inspektorining xatti-harakatlariga nisbatan tergov davomida huquqiy baho beriladi.