Yevropa komissiyasi Qora dengiz mintaqasida dengiz xavfsizligi markazini taşkil etiş niyatida. Bu 28 may, çorşanba kuni Bryusselda Yevropa Ittifoqi taşqi işlar xizmati va Yevropa komissiyasi tomonidan taqdim etilgan yangi «Qora dengiz strategiyasi»ning bandlaridan biridir.

«Rossiya havo hududini buzişi, portlar va yuk taşiş yöllariga hujum qilişi va dengizni minalaştirişi munosabati bilan mintaqada xavfsizlikni kuçaytiriş bu işning markazida turadi», dedi Yevropa Ittifoqi taşqi siyosati rahbari Kaya Kallas yangi strategiyani taqdim etar ekan.

Dengiz xavfsizligi markazi «Qora dengizdagi vaziyatdan xabardorlikni yaxşilaş va ma’lumot almaşiş, kosmosdan dengiz tubida real vaqt rejimida monitoring ötkaziş va potensial tahdidlar va zararli harakatlardan erta ogohlantirişga» qaratiladi, deyiladi strategiya hujjatida.

Markazning aniq qayerda joylaşişi va qaysi davlatlar iştirok etişi, unga qança pul va kimlar tomonidan ajratilişi hozirça noma’lum.

Kallasning sözlariga köra, Dengiz xavfsizligi markazi Rossiya va Ukraina örtasida kelajakda yuzaga kelişi mumkin bölgan öt oçişni töxtatişni kuzatişda iştirok etişi mumkin.

Bundan taşqari, Bryusselning «Qora dengiz strategiyasi» mintaqaviy transport infratuzilmasini yaratişni qöllab-quvvatlaşga, xususan, «qöşinlar va texnikaning harakatçanligini oşirişga qaratilgan bölib, ular zarur bölganda, kerakli joyda böla oladi», dedi Kallas.