Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xitoy Kiyev va boşqa Yevropa davlatlariga uçuvçisiz uçoqlar sotişni töxtatganini, biroq Rossiyaga yetkazib berişni davom ettirayotganini aytdi. Bloomberg 29 may, payşanba kuni çop etilgan maqolasida uning sözlaridan iqtibos keltirmoqda: «Xitoyning Mavic (odatda aerofotosuratga olişda foydalaniladigan, portlovçi moddalarni taşişga moslaşa oladigan maşhur fuqarolik droni) rossiyaliklar uçun oçiq, lekin ukrainaliklar uçun yopiq», — deya uning sözlarini keltiradi Bloomberg. Qayd etilişiça, Zelenskiy bundan ikki kun avval jurnalistlar guruhi bilan gaplaşgan. «Rossiya hududida Xitoy vakillari joylaşgan işlab çiqariş liniyalari mavjud», — deya qöşimça qildi u.
Bloomberg tayangan nomi oşkor etilmagan yevropalik rasmiyga köra, Ukraina prezidentining sözlari Yevropa Ittifoqining öz baholariga mos keladi. Agentlik manbasining ta’kidlaşiça, Xitoy, ehtimol, Ğarb xaridorlariga dron komponentlarini (masalan, dron dvigatellarida işlatiladigan magnitlar) yetkazib berişni qisqartirgan, şu bilan birga, Rossiyaga yetkazib berişni köpaytirgan.
Öz navbatida, Pekin urişayotgan tomonlardan biriga qurol yetkazib berişini muntazam ravişda rad etadi va harbiy maqsadlarda işlatilişi mumkin bölgan ikki tomonlama mahsulotlar eksportini nazorat qilişini da’vo qiladi. «Xitoyning Ukraina böyiça pozitsiyasi izçil va aniq: biz uruşni töxtatiş va tinçlik muzokaralarini olğa surişga sodiqmiz», — deya Xitoy Taşqi işlar vazirligining sönggi bayonotini keltiradi Bloomberg agentligi.









