29 may, payşanba kuni e’lon qilingan AQŞ, Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya va boşqa davlatlardan iborat Köp tomonlama sanksiyalar monitoringi guruhi (MSMT) hisobotiga köra, ötgan yil oxiridan beri Rossiya Şimoliy Koreyani uzoq masofaga uçuvçi qurollar bilan ta’minlab kelmoqda.

Xususan, guruh Moskva Pxenyanga kamida bitta «Pansir» havo hujumiga qarşi zenit-raketa mudofaa tizimini yetkazib berganini aniqladi. Bu BMTning KXDRga qarşi, unga qurol yetkazib berişga embargo qöyişni nazarda tutgan sanksiyalariga ziddir.

Köp tomonlama sanksiyalar monitoringi guruhi 2024 yil oktyabr oyida AQŞ va Janubiy Koreya taşabbusi bilan Şimoliy Koreyaga qarşi sanksiyalarni kuzatiş uçun tuzilgan. MSMT'da jami 11 ta davlat iştirok etadi.

Guruhning taşkil etilişidan oldin Rossiya taşabbusi bilan BMTning tegişli ekspertlar kengaşi tarqatib yuborilgan edi. U naşr etadigan axborot MSMT a’zolari bölgan mamlakatlar maxsus xizmatlari ma’lumotlariga asoslanadi.