Samarali soliqqa tortiş tizimini şakllantiriş va davlat soliq xizmati organlarining batartib işini ta’minlaş Özbekistonda olib borilayotgan islohotlar şaroitida alohida ahamiyat kasb etmoqda. 

Budjet mablağlarining tuşumi asosan yirik soliq tölovçilar faoliyatiga boğliq. 2024 yil 1 iyuldan korxonalarni yirik soliq tölovçilar toifasiga kiritiş mezonlarining yangi tahriri kuçga kirdi va xöjalik sub’yektlarining yangi röyxati tasdiqlandi.

2024 yilda davlat budjetiga soliq tuşumlarining umumiy hajmi 199,6 trln söm, yirik soliq tölovçilardan tuşumlar esa 123,3 trln sömga teng böldi, bu umumiy budjet tuşumlarining 61,8 foizini taşkil etadi.

Yirik soliq tölovçilardan soliq tuşumlarining uluşi 2020 yildagi 47 foizdan 2024 yilda 62 foizga özgardi. Uşbu körsatkiç miqdoriy körsatkiç bilan çambarças boğliq, çunki 2021 yilda tuşumlar uluşi 1120 ta yirik soliq tölovçidan (2024 yilda – 959 ta soliq tölovçi) 64 foizgaça ösdi.