Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.

Isroilning Ğazoda «humanitar niqobi»

AQŞ taklif qilgan sulhni qabul qilgan va Hamasdan javob kutayotgan Isroil Ğazo sektoriga zarba berişni töxtatmayapti. Xususan, 30 may kuni ertalabdan Isroil armiyasi uyuştirgan hujumlar natijasida sektorda kamida 39 nafar falastinlik halok böldi.

Ğazo soğliqni saqlaş boşqarmasiga köra, sektor şimolidagi Jabaliya hududida bir oilaning uyiga uyuştirilgan hujum oqibatida kamida 7 kişi halok bölgan, köplab odamlar jarohat oldi. Isroil armiyasi Jabaliya hududida odamlar töplangan ikki mahallaga ham zarba berdi — buning natijasida 5 kişi halok böldi, yaralanganlar soni ham köp.

Xon-Yunus şahridagi köçirilganlar yaşagan çodirga qilingan hujumda esa yana 13 nafar falastinlik halok böldi. Bundan taşqari, Isroil armiyasi Rafahda yordam oliş maqsadida töplangan tinç aholiga qarata öt oçgan — 1 kişi halok böldi.

Ğazodagi bosqinçilik uruşidan töxtamayotgan Isroil Iordan daryosining Ğarbiy sohilida 22 ta yangi yahudiy aholi punktini quriş rejasini e’lon qildi. Isroil Xavfsizlik kengaşi uşbu qarorni ma’qullagan.

BMT vakili Isroilning harakatlarini Ğazoda «humanitar niqob» deb atadi:

«Bu Ğazodagi vahşiyliklarni yaşiriş, bombardimon ostidagi odamlarning ahvolini özgartirmaslik va falastinliklarni tiriklayin kuydirişga qaratilgan strategiyadir. Sönggi soatlarda Ğazodan kelayotgan dahşatli suratlar va videolar bu tizim qanday işlayotganini, Isroil armiyasining qurolsiz tinç falastinliklarga qarata qanday öt oçayotganini körsatmoqda. Körinib turibdiki, Isroil harakatlarining çeki yöq.

Oylar davomida aholiga oçarçilik qilinib, ular ovqat söraganda ularga qarata öt oçiş — bu mutlaq şafqatsizlikdir. Isroil bolalar va tinç aholining ölimini oqlamoqçi bölayotgan paytda sanksiyalar vaqti keldi. Hayotlarni saqlab qoliş uçun vaqt tugamoqda», — deya bayonot berdi BMTning Falastinga oid maxsus ma’ruzaçisi Franseska Albanese.

U dunyo davlatlarini yana bir bor Isroilga nisbatan töliq qurol embargosini joriy qiliş va savdo aloqalarini töxtatişga çaqirdi.

Kellog: Rossiyaning NATO kengayişi haqidagi xavotirlari «adolatli»