Hujjat bilan madaniyat va san’at sohasida iqtidorli yoşlarni qöllab-quvvatlaş tizimini yangilaş va yangi bosqiçga olib çiqişning ustuvor yönalişlari belgilandi:

  • ijodkor yoşlarni aniqlaş, iste’dodlarini yuzaga çiqariş, şuningdek, qiziqişlarini yanada oşiriş orqali madaniyat va san’at sohasiga jalb qiliş;
  • ijodkor yoşlarni tanlaş va saralaş, uşbu jarayonga raqamli texnologiyalar hamda zamonaviy, innovatsion va integratsiya usullarini joriy etiş;
  • «ustoz-şogird» an’analariga muvofiq professional ijodkorlarni şakllantiriş va yoş kadrlar tajribasini oşiriş;
  • ijodkor yoşlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaş, şuningdek, moddiy va ma’naviy jihatdan rağbatlantiriş hamda ularga munosib ijodiy muhit yaratiş;
  • iste’dodli yoşlarning ijodini keng ommaga, şu jumladan, xalqaro miqyosda tanitiş va tarğib qiliş çoralarini köriş.

 
Ijodkor yoşlar faoliyatini muvofiqlaştiruvçi yagona platforma joriy etilişi va uni «ERP madaniyat» yagona boşqaruv tizimiga integratsiya qiliş rejalaştirilmoqda.

Şuningdek, madaniyat sohasida sun’iy intellektdan hamda zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş va tajriba-sinov loyihalarini amalga oşiriş böyiça «Ijodiy texnolaboratoriya» taşkil etiladi.

Umumiy örta va örta maxsus ta’lim taşkilotlarida madaniyat va san’atga qiziquvçi yoşlardan iborat «Ijodkor yoşlar klubi» yaratiladi.

Madaniyatşunoslik va san’atşunoslik yönalişlari böyiça ilmiy iş olib borayotgan yoşlarga xorijiy mamlakatlarda ötkaziladigan konferensiyalarda iştirok etiş, malakasini oşiriş va tajriba almaşişlarida kömaklaşiladi.

Madaniyat va san’at sohasidagi startap-loyihalar uçun  BHMning 100 baravarigaça miqdorda ijodiy grantlar ajratiş çoralari köriladi.

Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi:

2025-2030 yillarda ijodkor yoşlarni tanlaş, saralaş va ularni qöllab-quvvatlaş hamda rağbatlantiriş böyiça çora-tadbirlar dasturi;
2030 yilgaça yoşlar örtasida madaniyat va san’at sohasiga oid ötkaziladigan tanlov va festivallarning natijadorligini oşirişga erişiş böyiça maqsadli körsatkiçlar.