Qöşma Ştatlar Rossiya va Ukraina örtasidagi töğridan töğri muzokaralarning ikkinçi bosqiçi kelasi hafta Istanbulda bölib ötişiga umid bildirmoqda.

Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt 29 may, payşanba kuni bölib ötgan brifingda ma’lum qildi. «Biz bu uçraşuv bölib ötişiga işonamiz», dedi Levitt.

«Umid qilamizki, Rossiya va Ukraina kelgusi hafta Istanbulda haqiqatan ham töğridan töğri muzokaralar ötkazadi. Biz bu uçraşuv bölib ötişiga işonamiz», — dedi matbuot kotibi.

Uning ta’kidlaşiça, aynan şunday uçraşuv prezident Donald Tramp tomonidan faol qöllab-quvvatlanadi va har ikki tomon töğridan töğri muzokaralar stoliga ötirişini talab qiladi.

Levitt şuningdek, mojaro boşlanganidan beri Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinni ham, Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiyni ham mojaroga barham beriş uçun töğridan töğri muloqot qilişga çaqirganini eslatdi.

U, şuningdek, agar Donald Tramp qaror qilsa, Oq uy Rossiya va Ukraina örtasidagi Istanbuldagi muzokaraga Amerika vakilini yuborişiga işontirdi.

Bir kun avval Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov prezident yordamçisi Vladimir Medinskiy boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasi 2 iyun kuni Istanbulda Ukraina tomoniga inqirozning asosiy sabablarini hal qilişning barça asosiy masalalari böyiça Moskva pozitsiyasini ifodalovçi memorandumni taqdim etişga tayyorligini ma’lum qildi.

Kreml payşanba kuni 2 iyunda Istanbulda muzokaralarning yangi raundi ötkazilişi yuzasidan Ukrainadan hali javob olmaganini ma’lum qildi. «Biz 2 iyun, duşanba kuni Istanbulda ikkinçi raund uçun uçraşişni taklif qilgan edik. Bilişimça, hozirça heç qanday javob olinmagan», dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.