AQŞning harakatlari Falastin davlatini yaratiş imkoniyatini yöq qilyapti. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Yevrosiyoda yagona, teng huquqli xavfsizlik va hamkorlik tizimini şakllantiriş muammolariga bağişlangan xalqaro ijtimoiy-siyosiy eşituvlar yalpi majlisining oçilişida ma’lum qildi.
«Agar siz Yevrosiyo janubiga nazar taşlasangiz, Yaqin Şarqdagi vaziyat keskin rivojlanmoqda. Bu strategik muhim mintaqa Ğarb tomonidan beqarorlik yoqasiga olib kelindi. Qöşma Ştatlar Isroilni ba’zan tanqid qilsa-da, uning Falastin davlatini yaratiş böyiça barça istiqbollarni yöq qilişga qaratilgan harakatlarini sözsiz qöllab-quvvatlayapti», — dedi Lavrov.
Diplomatik idora rahbari blokadadagi Ğazo sektorida sodir bölayotgan voqealar tuşuniş va tavsifga zid ekanligini ta’kidladi. «Biz arab döstlarimiz va boşqa mamlakatlarning mutlaq köpçiligi bilan Ğazo sektoridagi qon tökilişini zudlik bilan töxtatişni talab qilamiz», — dedi Lavrov.
Vazirning ta’kidlaşiça, Rossiya Isroilning Ğazoga hujumlarini qoralaydi, bu xalqaro gumanitar huquq normalarini buziş va tinç aholini jamoaviy jazolaşdir.
Lavrov 2023 yil 7 oktyabrda Isroilning Ğazo sektoriga hujumlari boşlanganidan beri bor-yöği bir yil içida 45 mingga yaqin falastinlik tinç aholi halok bölganini eslatdi.
«Öşanda bu körsatkiç şunday edi, hozir esa ança yuqori. Bu Ukraina şarqida 2014 yildan 2024 yilgaça bölgan 10 yillik mojaro davomida har ikki tomondan tinç aholi qurbonlari sonidan bir yarim baravar köp. Bir yil içida — 10 yildagidan bir yarim barobar köp. Bu hozir mintaqadagi eng katta fojia», — deya qöşimça qildi Lavrov.









