AQŞ prezidenti Donald Tramp Qöşma Ştatlarda pölat va alyuminiy uçun bojxona tölovlarining yangi oşirilişini ma’lum qildi. Uşbu qotişmalarni mamlakatga import qiliş böyiça bojlar joriy 25 foizdan 50 foizgaça oşiriladi, dedi Amerika yetakçisi 30 may, juma kuni Pitsburg yaqinidagi US Steel zavodida sözlagan nutqida.

Trampning sözlariga köra, yangi çoralar 4 iyundan kuçga kiradi.

«Bizning pölat va alyuminiy sanoatimiz yana tiklanmoqda. Bu bizning pölat va alyuminiy sohasidagi işçilarimiz uçun ajoyib yangilikning yana bir katta yutuği böladi. Amerikani yana buyuk qilamiz!» - deb yozdi Tramp tadbirdan keyin Truth Social ijtimoiy tarmoğida.

28 may kuni AQŞ Xalqaro savdo sudi Donald Tramp aprel oyi boşida dunyoning deyarli barça mamlakatlariga kiritgan bojlarning bir qismini noqonuniy deb topdi. Sud qaroriga köra, Trampning özi bunday qaror qabul qiliş vakolatiga ega emas.