Favqulodda vaziyatlar vazirligi şarqiy yarimşarda kuçli zilzila yuz berişi mumkinligi töğrisida tarqalgan xabarlarni rad etdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda kuçli magnit böroni sabab ikki sutkadan söng şarqiy yarimşardagi seysmik mintaqalardan birida 7 magnitudadan yuqori kuçli zilzila böliş xavfi oşayotgani mazmunda xabarlar tarqaldi.

Vazirlikning ma’lum qilişiça, seysmik faollik magnit böroniga boğliq hodisa emas. Şuningdek, zilzilani vujudga kelişi mumkin bölgan aniq vaqt va joyini prognoz qiliş imkoni yöq.

Şu sababli FVV fuqarolardan asossiz ma’lumotlarga işonib, xavotirga tuşmasliklarini söradi.

Şuningdek, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan örganişlar natijasiga köra, Özbekiston hududida kuçli zilzilalarni körsatuvçi anomal özgarişlar aniqlanmagan.