Assalomu alaykum. Bugun 1 iyun, yakşanba. Bir hafta davomida dunyoda juda köp işlar bölib ketdi. Isroil va HAMAS sulh böyiça yana kelişa olmadi, Ilon Mask işdan ketdi, Suriyada IŞID, Şarqiy Osiyoda esa koronavirus faollaşdi. Bir neça daqiqa vaqtingizni ayamasangiz, bahorning oxirgi haftasida dunyoda nimalar bölganini birgalikda eslaymiz.
Ilon Mask işdan ketdi
Hafta davomida dunyoning eng boy odami Ilon Mask işdan ketdi. Donald Tramp prezidentlikka qaytişiga katta hissa qöşgan milliarderning pattasini qölga tutqazişdi. Odamlar közi uçun Tramp Maskni hurmat-izzat bilan kuzatib qöydi, unga ramziy ma’noda Oq uyning oltin kalitini sovğa qildi, butun boşli matbuot anjumani ötkazib, Maskni maqtadi. Axir Ilon Trampning saylov kampaniyasi uçun kamida 300 million dollar sarflagandi.
Lekin gap nimada ekanini voqealarni kuzatib turganlar juda yaxşi tuşundi. Tramp va Mask kelişmay qolişdi. Tesla xöjayini Trampning yangi qonunidan xursand bölmaganini oçiq aytdi ham. Bundan taşqari, Tramp ma’muriyatida ğalati işlar qilib yurgan paytida Maskning kampaniyalarida savdo tuşib ketdi. Odamlar Teslaʼga boykot qilişdi, salonlarini yoqişdi. Boyvaçça qarasa, biznes orqaga ketyapti, oyligi yaxşi bölsa ham, şartta davlat işini taşladi-da, yana zavodiga ketdi. Ana şunaqa, janob Mask, çinovnik böliş oson emas. Kallai saharlab işga jönaş, har kuni soatlab zerikarli majlislarda mudrab ötiriş, hisobot eşitib hisobot beriş, şaharma-şahar islohotlar samarasini tekşirib yuriş hazil iş emas axir. Byurokratiyani ham çidaganga çiqargan.
Trampning ritorikasi özgardi
Esingizda bölsa, Donald Tramp yil boşida Ukrainaga nisbatan keskin pozitsiya talab qilib, Kiyevni dunyodagi barça gunohlarda ayblab çiqqandi. Bunga çidolmagan Zelenskiy Oq uyga borib, Trampning kabinetida janjal kötarib kelgandi ham. Uruşni boşlagan Rossiya prezidenti Putinga qarşi esa bir oğiz ham gapirmayotgandi.
Biroq oxirgi haftalarda Donald Trampning Vladimir Putinga nisbatan ritorikasi keskin özgardi. U Putinni tanqid qilib postlar yozdi. Rossiya prezidentini «aqldan ozgan», «olov bilan öynaşyapti» dedi, Rossiyadan hafsalasi pir bölganini aytdi. Aftidan, odamlar 3 yildan buyon tuşunib bölgan narsa janob Trampga endi yetib borgan körinadi. Axir u şu vaqtgaça Taker Karlsonga öxşagan odamlarni eşitib yurganda.
Biroq Tramp yaraşinglar endi deganidan keyin ham Rossiya Ukrainaga hujumni kuçaytirganidan söng gap nimada ekanini tuşunib yetgan körinadi. Trampning ohangidan bir narsani anglaş mumkin: AQŞ prezidentiga Putin uning gaplarini sariq çaqaga ham olmayotgani yomon alam qilgan.
















