Milliarder va Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) rahbari Ilon Mask Donald Trampning saylovoldi kampaniyasi davomida giyohvand moddalarni «avval ma’lum bölganidan köra köproq» iste’mol qilgan. Bu haqda The New York Times naşri tadbirkorning atrofidagi manbalarga tayanib xabar berdi.
Gazeta suhbatdoşlarining sözlariga köra, Mask, xususan, ketaminni köp miqdorda qabul qilgan. 2024 yil mart oyida u ketaminni şifokor retsepti böyiça oz miqdorda «ikki haftada bir marta yoki şunga öxşaş tarzda» qabul qilayotganini aytdi.
Ammo NYT ta’kidlaşiça, Mask ketaminni tez-tez, «ba’zan har kuni» qabul qilgan, şuningdek, uni boşqa giyohvand moddalar bilan aralaştirib iste’mol qilgan. U atrofidagilarga ketaminni köp iste’mol qilgani sababli qovuğida muammolar paydo bölganini aytgan.
Naşrda aytilişiça, tadbirkor ekstaz va gallyutsinogen qöziqorinlarni ham qabul qilgan. Naşr suhbatdoşlarining ta’kidlaşiça, Mask özi bilan 20 ga yaqin tabletka, jumladan, Adderall stimulyatori belgisi bölgan tabletkalar bölgan dori qutisini olib yurgan.
Gazetaning ta’kidlaşiça, Mask Tramp ma’muriyatiga qöşilganidan va AQŞ hukumati samaradorlik departamentini boşqarganidan keyin giyohvand moddalarni iste’mol qilişni davom ettirganmi yoki yöqmi, noma’lumligiça qolmoqda. Maskning SpaceX kompaniyasi davlat pudratçisi sifatida öz xodimlari orasida giyohvand moddalar böyiça test olişi kerak böladi. Ammo NYT manbalariga köra, Maskka rejalaştirilgan testlar haqida oldindan ma’lumot berilgan.
30 may kuni Oval kabinetda Tramp bilan bölib ötgan matbuot anjumanida Maskdan gazeta naşriga izoh berişni söraşdi. U The New York Times soxta ma’lumotlarni çop etişini aytib, jurnalistlarga «yölida davom etiş»ni taklif qildi.
2024 yil martida CNN boşlovçisi Don Lemonga bergan intervyusida Mask miyasida vaqti-vaqti bilan depressiyaga öxşaş «salbiy kimyoviy holat» paydo bölişini aytgandi. Özining sözlariga köra, «salbiy holat»dan çiqişga odatda anestetik sifatida işlatiladigan kuçli ta’sir qiluvçi modda – ketamin yordam beradi. Tadbirkor uni şifokor retsepti böyiça qabul qilayotganini ta’kidlagan. Mask ketaminni köp miqdorda iste’mol qilganmi, degan savolga tadbirkor şunday javob berdi: «Bunday öylamayman. Agar ketaminni haddan taşqari köp iste’mol qilsangiz, siz haqiqiy iş bilan şuğullana olmaysiz».









