Özbekiston Buyuk Britaniya bilan Jahon savdo taşkilotiga a’zo böliş böyiça ikki tomonlama muzokaralarni yakunladi. Bu haqda prezidentning JST masalalari böyiça maxsus vakili Azizbek Örunov LinkedInʼdagi sahifasi orqali ma’lum qildi.
«Ötgan oy oxiridan beri biz Buyuk Britaniya bilan ikki tomonlama muzokaralar ötkaziş uçun Londonda böldik. Endi men ular yakunlanganini e’lon qilişdan mamnunman. Şundan beri biz 2025 yil 12 iyun kuni Jyenevada bölib ötadigan Işçi guruhning 10-yiğilişi doirasida bayonnomani imzolaş uçun içki tartib-qoidalardan ötdik», — deb yozadi Örunov.
Şuningdek, u Buyuk Britaniya bozorga kiriş böyiça ikki tomonlama muzokaralar muvaffaqiyatli yakunlangan 24-davlat bölganini qayd etdi.
A’zolikni «qat’iy qöllab-quvvatlagani» uçun Buyuk Britaniyaga, «tinimsiz mehnati uçun» Özbekiston muzokaralar guruhiga öz minnatdorçiligini bildirgan.
«Ikki tomonlama kelişuvlarni yakunlaş uçun JSTning yana bir neça a’zosi qoldi», — deb yozadi Azizbek Urunov.
May oyida prezident JSTga a’zo böliş jarayonini jadallaştiriş hamda uni sifatli va tizimli taşkil etiş yuzasidan tegişli topşiriqlar bergandi. Xususan, joriy yilda qolgan 9 ta mamlakat bilan ikki tomonlama muzokaralarni yakunlaş, Işçi guruhining 2 ta yiğilişini ötkaziş hamda Işçi guruhning hisobot loyihasini yakunlaş orqali Özbekistonning JST doirasidagi majburiyatlarini töliq şakllantiriş vazifalari aniq belgilab berilgan edi.









