Toşkentda MSITF-2025 festivali doirasida mudofaa sanoatining zamonaviy qurol-yaroğlari, oğir va yengil harbiy texnikalar hamda harbiy va ikki xil maqsadlarga möljallangan mahsulotlar namoyiş qilindi. Körgazmadagi eng e’tiborga molik texnikalar – köplab turdagi dronlar böldi. Kun.uz muxbiri uşbu festivaldan fotoreportaj taqdim qiladi.

Joriy yil 29-31 may hamda 1 iyun kunlari Toşkent şahridagi «Ğalaba boği» yodgorlik majmuasida — Mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali («MSITF-2025») bölib ötdi.

Uşbu festivalda Qurolli Kuçlarga zarur bölgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ikki maqsadga möljallangan işlab çiqaruvçi taşkilot, yirik korxonalar, jismoniy şaxslar hamda ixtiroçilar özlarining mahsulotlari bilan qatnaşdi.

Tadbirning oçiliş marosimida Özbekiston mudofaa vaziri Şuhrat Xolmuhamedov, DXX raisi Bahodir Qurbonov, Bojxona qömitasi raisi Akmalxöja Mavlonov, Senator va yoşlar işlar agentligi direktori Alişer Sa’dullayev, Xavfsizlik kengaşi kotibining örinbosari Bahodir Toşmatov, Boş vazirning örinbosari Zulayho Mahkamova va boşqa rasmiylar qatnaşdi.