Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
Isroil tanklari Ğazodagi yordam tarqatiş markazini öqqa tutdi: 26 kişi halok böldi
Mahalliy aholi Isroil tanklari Ğazo sektoridagi Rafah şahrida joylaşgan gumanitar yordam taqsimlaş markaziga qarata öt oçganini ma’lum qildi. Guvohlar va şifokorlarning aytişiça, kamida 26 kişi halok bölgan, 150 kişi yaralangan.
Rafahdagi jurnalist Muhammad Ğaribning BBC’ga ma’lum qilişiça, tanklar AQŞ va Isroil qöllab-quvvatlovida oçilgan gumanitar yordam taqsimlaş markazi yaqinida minglab falastinliklar töplanganida öt oçişni boşlagan. Mahalliy jurnalist va faollar odamlar halok bölayotgani va yaralanganlar eşak aravalarda Qizil Xoç gospitaliga olib ketilayotgani tasvirlangan kadrlarni e’lon qildi. Ta’kidlanişiça, favqulodda xizmat xodimlari öqqa tutilgan joyga ötib bora olmagan.
Muhammad Ğaribning sözlariga köra, tanklar yordam taqsimlaş markaziga mahalliy vaqt bilan soat 04:30 larda yaqinlaşgan va öt oçgan. «Öldirilganlar va yaralanganlar uzoq vaqt yerda yotdi. Qutqaruv xizmati bu hududga öta olmadi, u Isroil nazorati ostida. Natijada odamlar eşak aravalarda yaradorlarni dala gospitaliga olib borişga majbur böldi», — deydi jurnalist. Qizil Xoç şifoxonasi xodimlari 26 kişi halok bölgani va 150 kişi yaralanganini tasdiqladi.
Irkutsk oblasti ilk bor dronlar hujumiga uçradi
Ukraina Xavfsizlik kuçlari 1 iyun kuni «Örgimçak töri» operatsiyasini amalga oşirdi. Uning doirasida Rossiyaning 40 dan ortiq harbiy samolyotlari, jumladan, A-50, Tu-95 va Tu-22 M3 strategik bombardimonçilari yakson qilindi.
Irkutsk oblasti aholisi dronlar hujumi uyuştirilgani töğrisida xabar berdi. Uruş boşlanganidan beri Usolskiy tumani ilk bor uçuvçisiz boşqariladigan apparatlar hujumiga uçradi.
Ma’lumotlarga köra, Sredniy va Novomaltinsk posyolkalari hududlariga zarbalar berilgan. Usolskiy tumanida «Belaya» harbiy aerodromi joylaşgan bölib, u yerda Tu-22M3 bombardimonçilari saqlanadi.
Ukrainaning «Babel» naşriga köra, Ukraina Xavfsizlik kuçlari boşlagan «Örgimçak töri» operatsiyasi doirasida Rossiyaning 40 dan ortiq harbiy samolyotlarini, jumladan, A-50, Tu-95 va Tu-22 M3 strategik bombardimonçilari yakson qilingan.








