Ukraina va Rossiya delegatsiyalari Istanbuldagi Çaroğon saroyida uçraşdi. Avvalgidek, Rossiya delegatsiyasiga prezident maslahatçisi Vladimir Medinskiy, Ukraina delegatsiyasiga esa mudofaa vaziri Rustem Umerov boşçilik qildi.
Ukraina delegatsiyasi tarkibida 16 may kuni bölib ötgan avvalgi muzokaralar bilan soliştirganda özgarişlar yuz berdi. Bu safar delegatsiya tarkibiga Ukraina Qurolli kuçlari boş ştabi vakili Oleksiy Malovatskiy kiritilmadi. Ammo Ukraina tomonidan muzokaraçilarga Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği örinbosari Yevgeniy Ostryanskiy, Oliy Rada Ombudsmani vakili Yuriy Kovbasa va Boş ştab yuridik boşqarmasi boşliği örinbosari Andrey Fomin ham qöşildi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibi özgarmadi.
Muzokaralar boşlanişidan oldin Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan sözga çiqdi. Rossiya va Ukraina örtasidagi muzokaralarning birinçi bosqiçida «juda muhim qadamlar qöyilganini» qayd etgan Fidan, ikkinçi bosqiçda öt oçişni töxtatiş, asirlar almaşinuvi va Rossiya bilan Ukraina rahbarlari örtasida uçraşuv ötkaziş imkoniyatlari muhokama qilinişini aytdi. Fidan, şuningdek, «eng qisqa vaqt içida muzokaralarda aniq taraqqiyotga» umid bildirdi.
Muzokaralarning özi ham yopiq eşiklar ortida ötdi, iştirokçilar heç qanday bayonot bermadi.
16 mart kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina delegatsiyalarining 2022 yildan buyon ilk uçraşuvi bölib ötdi. Unda «1000 ga 1000» formulasi böyiça mahbuslarni almaşiş böyiça kelişuvga erişildi.
Rossiya 2 iyun kuni Istanbulda töğridan-töğri muzokaralarning ikkinçi raundini ötkazişni taklif qildi. Rossiya Taşqi işlar vazirligi rahbari Sergey Lavrovning ta’kidlaşiça, Moskva muzokaralar uçun memorandum tayyorlagan, u «inqirozning asosiy sabablarini işonçli tarzda bartaraf etişning barça jihatlari böyiça» öz pozitsiyasini ifodalaydi. Ukraina muzokaralarga darhol rozi bölmadi va Rossiyadan memorandumni oldindan topşirişini talab qildi. Ukraina tomoni muzokaralar boşlanişidan oldin Rossiya delegatsiyasiga öz memorandumini taqdim etdi. Muzokaralarda Rossiya memorandumi taqdim etilişi kutilmoqda.










