AQŞ davlat kotibi Marko Rubio va Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov 1 iyun, yakşanba kuni telefon orqali suhbatlaşdi. Rossiya idorasi saytidagi xabarga köra, siyosatçilar «Ukraina inqirozini siyosiy yöl bilan hal qiliş böyiça turli taşabbuslar, jumladan, 2 iyun kuni Istanbuldagi Rossiya-Ukraina töğridan töğri muzokaralarini qayta boşlaş rejalari böyiça aniq pozitsiyalarni almaşgan».

Bundan taşqari, Rubio «1 iyun kuni Bryansk va Kursk viloyatlarida temiryöl infratuzilmasi portlatilişi natijasida tinç aholi vakillari qurbon bölgani munosabati bilan hamdardlik bildirdi», — deyiladi Rossiya TIV xabarida.

Öz navbatida, Davlat departamenti matbuot kotibi Temmi Bryus ham telefon suhbati fakti haqida ma’lum qildi. «Davlat kotibi Marko Rubio bugun Rossiya taşqi işlar vaziri Lavrov bilan Rossiya iltimosiga köra gaplaşdi. Kotib Rubio prezident Trampning Rossiya va Ukraina örtasida mustahkam tinçlikka erişiş uçun töğridan töğri muzokaralarni davom ettirişga çaqirganini yana bir bor ta’kidladi», — deyiladi AQŞ Davlat departamenti saytidagi bayonotning töliq matnida.

Rossiya va Ukraina örtasidagi töğridan töğri muzokaralar 2 iyun kuni Istanbulda ötkazilişi rejalaştirilgan. Har ikki tomon 1 iyun kuni Turkiya megapolisiga muzokaralar ötkaziş uçun delegatsiyalar jönatişini ma’lum qildi.