Germaniya kansleri Fridrix Mers Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuni Ğazo sektoridagi tinç aholiga faolroq şoşilinç yordam körsatişga va mintaqada «zudlik bilan yetarli darajada gumanitar yordam yetkazişga va uning xavfsiz taqsimlanişini» ta’minlaşga çaqirdi. 1 iyun, yakşanba oqşomida Germaniya hukumatining rasmiy vakili Ştefan Kornelius Berlinda Isroil rahbari bilan telefon orqali muloqoti çoğida Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari, şuningdek, Isroilning xavfsizligi va yaşaş huquqi Germaniya davlat doktrinasining bir qismi ekanligini ta’kidladi.
Uning sözlariga köra, Mers «HAMAS terrorini» qoralagan. Kansler bu harakat qurollarini taşlaşi kerakligini ta’kidlab, yaqin kelajakda barça garovga olinganlarni ozod qiliş va öt oçişni töxtatiş böyiça kelişuvga erişilişiga umid bildirdi. Şu bilan birga, Germaniya vazirlar mahkamasi rahbari «federal hukumat haligaça ikki davlat yaratiş böyiça muzokaralar yöli bilan yeçimni isroilliklar va falastinliklar örtasida tinç-totuv yaşaş uçun eng yaxşi imkoniyat deb hisoblaydi», deya qöşimça qildi Kornelius. Netanyahuning munosabati haqida xabar berilmagan.
«Töğrisini aytsam, Isroil armiyasi Ğazo sektorida qanday maqsadni közlayotganini endi tuşunmayapman», dedi Fridrix Mers 26 may kuni Berlindagi Europaforum tadbirida sözlagan nutqida. «Tinç aholining sönggi kunlarda tobora köproq jabr körayotganini endi HAMAS terrorizmiga qarşi kuraş bilan oqlab bölmaydi», deb ta’kidladi Germaniya kansleri. Isroilning butun Ğazo sektoridagi harakatlariga nisbatan Germaniyaning tanqid darajasiga işora qilib, u şunday dedi: «Biz buni hozir aniq aytişimiz kerak».










