Buyuk Britaniya armiyasi yangi mudofaa strategiyasi doirasida «uruşga tayyorgarlik» rejimiga ötmoqda. Sky News’ning yozişiça, bu haqda mamlakat boş vaziri Kir Starmer Glazgodagi matbuot anjumanida hukumatning mudofaa böyiça xarajatlari rejasini taqdim etiş vaqtida e’lon qilgan.
Boş vazirning sözlariga köra, doimiy jangovar şaylik rejimi Buyuk Britaniyaning «2035 yilgaça ön barobar köproq halokatli» armiyani yaratiş maqsadlariga oid siyosatidagi «asosiy uçta özgarişlardan» biriga aylanadi.
Ikkinçi tamoyil — Buyuk Britaniyaning mudofaa siyosati «har doim NATOni mustahkamlaşga qaratiladi». Uçinçi tamoyil — qurolli kuçlarda innovatsiyalar «harbiy holat davridagi tezlikda» joriy etiladi.
Starmer oldinroq mudofaa strategiyasini özgartiriş Buyuk Britaniya Rossiyadan kelayotgan doimiy tahdidni e’tiborsiz qoldira olmasligi va uning oldini oliş uçun ehtimoliy mojaroga tayyorlanişi kerakligiga asoslanganini ta’kidlagandi.
Yangi mudofaa doktrinasi hozirça töliq e’lon qilinmadi. U 2 iyun kuni Jamoatlar palatasida Buyuk Britaniya mudofaa vaziri tomonidan taqdim etilişi kerak. Hujjatga oid ayrim ma’lumotlar matbuotda yoritilgan va Starmer ularning ba’zilarini tasdiqlagan.
Xususan, hukumat öq-dori işlab çiqariladigan oltita zavod, şuningdek, 12 ta yangi atom suvosti kemasini quriş rejasini e’lon qilmoqçi. Bundan taşqari, hukumatning uzoq masofaga möljallangan yangi qurollar yaratiş, yadroviy dasturga 15 milliard funt sterling ajratiş, havo hujumidan va raketalardan mudofaa tizimlariga investitsiyalar kiritiş rejalari ham mavjud.









