2 iyun kuni soat 13:00 da Istanbulda Ukraina va Rossiya delegatsiyalari örtasida muzokaralar bölib ötadi.

Turkiya Taşqi işlar vazirligi manbalariga köra, Ukraina va Rossiya delegatsiyalarining uçraşuvi Çiragan saroyida bölib ötadi.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Istanbulda bölib ötadigan Rossiya-Ukraina uruşini tugatiş böyiça tinçlik muzokaralarida qatnaşadigan Ukraina delegatsiyasiga mudofaa vaziri Rustem Umerov boşçilik qilişini ma’lum qildi.

Rossiya taşqi işlar vaziri Sergey Lavrov Ukrainaga 2 iyun kuni Istanbulda muzokaralarning yangi bosqiçini ötkazişni taklif qilganini aytdi. Rossiya delegatsiyasiga Rossiya prezidenti Vladimir Putinning maslahatçisi Vladimir Medinskiy boşçilik qiladi.