Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 1 iyun, yakşanba kuni keçki nutqida bir neça soat avval Rossiya harbiy aerodromlariga uçuvçisiz uçoqlar yordamida amalga oşirilgan yirik hujum – «Örgimçak töri» operatsiyasida iştirok etganlarga minnatdorçilik bildirdi. «Xavfsizlik xizmatiga, şaxsan general Malyukka, şuningdek, operatsiyada iştirok etgan barçaga rahmat. Biz operatsiyani bir yarim yildan köproq vaqt davomida tayyorladik. Rejalaştiriş, taşkil etiş, barça tafsilotlar mukammal tarzda tayyorlangan. Işonç bilan aytiş mumkinki, bu mutlaqo noyob operatsiya», — deb yozgan davlat rahbari ijtimoiy tarmoqlarda.

Ukraina prezidenti, şuningdek, Rossiya Federatsiyasi hududidagi operatsiyaning «ofisi» Rossiya viloyatlaridan biridagi FSB qarorgohi yaqinida joylaşganini, biroq «odamlarimiz amaliyot arafasida Rossiya hududidan olib çiqib ketilganini, hozir ular xavfsiz» ekanini ta’kidladi. Zelenskiyning sözlariga köra, «Örgimçak töri» operatsiyasiga jami 117 ta uçuvçisiz uçiş apparatlari va ularning tegişli sonidagi operatorlari «Rossiyaning turli viloyatlari hududida – uç vaqt zonasida» jalb qilingan. «Biz Rossiya bu uruşni tugatiş zarurligini his qilişi uçun hamma narsani qilyapmiz», — dedi Zelenskiy.
Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) Rossiya strategik aviatsiya samolyotlarining 34 foizi «Örgimçak töri» operatsiyasi vaqtida şikastlanganini ma’lum qildi. «Rossiyadagi asosiy aerodromlaridagi strategik qanotli raketa taşuvçilarning 34 foizi zarar kördi», — deyiladi idoraning Telegram-kanalidagi bayonotida. Kiyevning hisob-kitoblariga köra, zarar körgan samolyotlarning taxminiy umumiy qiymati 7 milliard dollarni taşkil qiladi.









