«Asr şartnomasi» haqiqatda mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni özgartirdi. Bu haqda Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev 30-Caspian Oil and Gas, 13-Caspian Power körgazmasi va 30-Baku Energy Forum forumining rasmiy oçiliş marosimida aytib ötdi.

«Birinçi Kaspiy neft va gaz körgazmasi 1994 yilda taşkil etilgan bölib, undan söng darhol Ozarboyjon xalqaro neft kompaniyalari konsorsiumi bilan şartnoma imzoladi, u keyinçalik «Asr şartnomasi» deb nom oldi va mintaqadagi geosiyosiy va geoiqtisodiy vaziyatni amalda özgartirdi», – dedi davlat rahbari.

Prezident bugungi kunda Ozarboyjon barqaror siyosiy tizimga ega, iqtisodiyoti rivojlanayotgan davlat ekanini ta’kidladi.

Aliyevning aytişiça, Ozarboyjonda keng kölamli islohotlar amalga oşirilmoqda va mamlakatning taşqi qarzi yalpi içki mahsulotning 7 foizidan kam.

Prezidentning sözlariga köra, Ozarboyjonning «Yaşil kun tartibi» juda ambitsiyali. Neft va gazga boy mamlakat xorijiy sarmoyadorlar bilan birgalikda yaşil energiyaga sarmoya kiritayotgani bizning mas’uliyatimizni namoyon etadi, dedi u.

Davlat rahbari, şuningdek, şunday yaşil energiya salohiyatiga ega Ozarboyjonning elektr energiyasiga nisbatan ortib borayotgan ehtiyojini asosan qayta tiklanadigan manbalar orqali qondiriş mumkinligini ta’kidladi.