— Murmansk va Irkutskdagi “Örgimçak töri” operatsiyasi Rossiya mudofaasining zaifligi natijasimi yoki Ukraina maxsus kuçlarining favqulodda muvaffaqiyati?
Şuhrat Rasul: Bu voqeani zaiflik deyişning özi yetarli emas, “Örgimçak töri” operatsiyasi – Rossiya maxsus xizmatlari uçun tölaqonli şarmandalik. Ukraina maxsus kuçlari Irkutsk viloyatidagi Belaya, Ryazan viloyatidagi Dyagilevo, Murmansk viloyatidagi Olenya, Ivanovo viloyatidagi Ivanovo aviabazalarini nişonga olgan. Dyagilevo va Ivanovadan aniq tasdiqlangan videomateriallar hali taqdim qilinmagani uçun talafotlar haqida aniq biror gap aytişga erta.
Irkutsk va Murmanskdagi bazada talafot körgan strategik bombardimonçilar mavjud, bular: A-50, Tu-95 va Tu-22M3 samolyotlari. Tu-95 – 1960-1970 yillarda işlab çiqarilgan, bugungi kunda Rossiya qurolli kuçlari ixtiyorida jami 56-57 ta bor, lekin jang qila oladigani 16 ta deb baholanadi. Ikkinçisi bu – Tu-22M3 samolyoti, ya’ni reaktiv dvigatelli samolyot hisoblanadi. U Tu-95 ga qaraganda zamonaviyroq, 1980-yillar oxirigaça işlab çiqarilgan. U ham şu 50 donadan sal köproq deb baholanadi, lekin ularning ham taxminan 30 foizi yaroqsiz.
Sababi bu samolyotlar, mana Tu-95, ellik yildan beri işlab çiqarilmayapti. Çunki bunday qurilmalarni sobiq SSSR hududidagi davlatlardan mingga yaqin zavod-fabrikalar iştirokida barpo etiş mumkin bölgan. Ittifoq parçalangaç, bu tizim buzilib ketgan, zavodlar amalda yöq bölib ketgan. Endi bunday turdagi strategik aviatsiyani Rossiya qayta işlab çiqara olmaydi va işlab çiqarmayapti ham.
“Örgimçak töri” operatsiyasi natijasida Rossiya yadro triadasining (havoda, quruqlikda va suvda) strategik aviatsiya qismi zaiflaşdi.
Irkutsk va Murmanskka berilgan zarba, bu assimetrik zarba böldi. Agar şu kuçlarga teng kuçlar bilan, masalan uzoqqa uçuvçi, örta olislikdagi qanotli raketalar bilan zarba berganda, bu simmetrik deb aytiş mumkin edi. Asimmetrik degani buning aksi, çunki kiçkina 300-500 dollarlik dron borib, narxi 100 mln dollarlik samolyotni zararsizlantirdi.
Abduvali Soyibnazarov: Nazarimda, bu operatsiya Ukraina maxsus xizmatlari tomonidan Buyuk Britaniya bilan birgalikda tayyorlangan. Bu operatsiyadan Rossiya federal xavfsizlik xizmati xabarsiz qolib ketişi mumkin emas. Bunday hujumni Rossiya maxsus xizmatlari avvaldan kutgan. Hujum taşkilotçilari FXX bnosining şundoqqina biqinida iş yuritgan, buni maxsus xizmatlarga sezdirmay qiliş imkonsiz. Undan taşqari, Rossiyada biror bir kuçişlatar tizimlar xodimlarining iste’fo bermagani yoki heç kim javobgarlikka tortilmagani ayrim xulosalar çiqarişga undaydi. Masalan, bu yerdagi samolyotlarning barçasi ham haqiqiy emas, balki maket bölgan. Undan taşqari, eskirgan uçoqlar bölişi ham mumkin.








