Muloqot çoğida Özbekiston-Latviya ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va transport-logistika hamkorligini yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Latviya tomoni Özbekistonni Markaziy Osiyo mintaqasidagi asosiy hamkori sifatida körişini ta’kidladi. Şuningdek, mamlakatlar örtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik faollaşgani va ikki tomonlama tovar ayirboşlaş hajmi oşgani urğulandi.

– Rasmiy Riga transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişdan manfaatdor, – dedi vazir Atis Şvinka. – Latviyaning Özbekistondagi elçixonasida transport masalalari böyiça attaşe lavozimi oçilgani buning tasdiğidir. Biz özbekistonlik eksportyorlar va mamlakatlarimiz port infratuzilmasi örtasida özaro hamkorlikni yölga qöyişga, şu jumladan, preferensiyalar beriş masalalarida kömaklaşişga tayyormiz.

Uçraşuv davomida, şuningdek, Uzbekistan Airways'ning Toşkent-Riga yönalişi böyiça parvozlari sonini oşiriş, aviakompaniyalar örtasidagi hamkorlikni kengaytiriş, jumladan, Osiyo yönalişida qöşma reyslarni işlab çiqiş, elektron tijoratni faollaştiriş va mamlakatda Latviya poçtasi vakolatxonasini oçiş imkoniyatlari körib çiqildi.