Özbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda Özbekiston elçixonasi kömagida "AgroTech Klaster" MÇJ vakillarining Pokistonga işçi safari taşkil etildi. Lahor şahriga safar davomida Pokistonning traktor va boşqa qişloq xöjaligi texnikalarini işlab çiqaruvçi kompaniyalari bilan muzokaralar ötkazildi.

Özbekiston delegatsiyasi a’zolari, şuningdek, Pokiston Sanoat va işlab çiqariş vazirligi, Millat Tractors, Al-Ghazi Tractors, "Pokiston avtomobil va qişloq xöjaligi uçun ehtiyot qismlari işlab çiqaruvçilar uyuşmasi", Hamza Wazir Tractors, Buraq tractors kabi yetakçi traktor kompaniyalarining işlab çiqariş quvvatlari va qöllaniladigan texnologiyalar bilan joyida tanişdi.

AgroTech Klaster MÇJ tomonidan işlab çiqariladigan traktor va boşqa qişloq xöjaligi texnikalari taqdimoti ötkazildi. Taqdimotda ularning afzalliklari, texnik körsatkiçlari töğrisida hamkor tomonni qiziqtirgan savollar böyiça atrofliça ma’lumotlar berildi.

Muzokaralar çoğida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantiriş, traktor va turli qişloq xöjaligi texnikalarini Özbekiston va Pokistonda birgalikda işlab çiqariş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Mamlakat delegatsiyasi vakillari, şuningdek, Pokiston maşinasozlik, jumladan traktor vositalari va qişloq xöjaligi texnikalari bozoriga oid marketing ma’lumotlari, mahalliylaştiriş darajasi, sohaga oid qonunçilik talablari bilan ham batafsil tanişdi.

Muzokaralar natijasida 50-85 ot kuçiga ega bölgan, ikki davlat iqlimiga moslaştirilgan traktorlarni va boşqa qişloq xöjaligi texnikalarini hamda ular uçun ehtiyot qismlarni birgalikda işlab çiqarişni ilgari suriş, mahsulotlar narxini optimallaştiriş masalalarida kelişuvlarga erişildi.

Özaro muloqotni davom ettiriş, AgroTech Klaster MÇJ faoliyati bilan joyida tanişiş, yangi istiqbolli loyihalarni muhokama qiliş uçun Pokistonning qişloq xöjaligi texnikalari işlab çiqaruvçilari Özbekistonga taklif etildi.