Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqi (IUCN) boş direktori Gretel Agilar bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuvda Özbekiston 2021 yilda IUCN’ga a’zo bölganidan buyon hamkorlik barqaror va konstruktiv tarzda rivojlanib borayotgani qayd etilib, Markaziy Osiyoda birinçi hisoblangan IUCN ofisining aynan Özbekistonda oçilişiga alohida e’tibor qaratildi. Boş vazir Xalqaro tabiatni muhofaza qiliş ittifoqi ofisi uçun Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişini örganiş universiteti (Green University) tanlanişi ofis vakillarining ilmiy jamoatçilik bilan yaqindan aloqa örnatişi hamda talabalar, yoş olim va tadqiqotçilarni ittifoq faoliyatiga jalb etişda ayni muddao bölişini ta’kidladi.
Şuningdek, IUCN ofisi tabiatni muhofaza qiliş böyiça qöşma taşabbuslarni amalga oşiriş, Özbekistonning noyob ösimlik va hayvonot dunyosi kadastrini yuritişda xalqaro standartlarni joriy etiş, şuningdek, mamlakatimizdagi muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning «Xalqaro Yaşil» sertifikatini oliş jarayonida samarali vositaga aylanişiga işonç bildirildi.
Öz navbatida, Gretel Agilar IUCN’ning Markaziy Osiyodagi ofisini oçişdagi qöllab-quvvatlaş uçun Özbekiston tomonga samimiy minnatdorçilik bildirib, bu har tomonlama manfaatli va ustuvor qaror ekanini ta’kidladi.
«Özbekiston IUCN’ga a’zo bölganidan buyon mamlakat atrof-muhitni muhofaza qiliş, bioxilmaxillikni saqlaş, iqlim özgarişiga qarşi kuraş va xalqaro hamkorlikni mustahkamlaş borasida salmoqli yutuqlarga erişdi – bu alohida e’tirofga loyiq. Biz mintaqadagi faoliyatimizni faollaştiriş uçun Özbekistonni asosiy darvoza sifatida körmoqdamiz», – dedi IUCN boş direktori.

U, şuningdek, mamlakatimizning faol taşqi siyosati va prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan olib borilayotgan islohotlar fonida Özbekiston IUCN’ning muhim hamkoriga aylanib borayotganini ta’kidladi.
Agilarning sözlariga köra, Özbekistondagi ofis ham mamlakat içida, ham kengroq mintaqaviy kontekstda loyihalarni amalga oşirişda muhim rol öynaydi. Mutaxassislarni amaliy tayyorlaş, yoş mutaxassislar va atrof-muhitni muhofaza qiliş idoralari xodimlarining ilmiy almaşinuvi va amaliyotini ötaşga alohida e’tibor qaratiladi.
Uçraşuvda tomonlar ösimlik va hayvonot dunyosi kadastri, tabiatga yönaltirilgan yeçimlar va bioxilmaxillikni muhofaza qiliş böyiça qöşma loyihalar yaratiş, Green University bilan hamkorlikni yölga qöyiş, Özbekistonda bölib ötadigan muhim xalqaro tadbirlarda iştirok etişga kelişib olişdi.








