Ukraina NATOning Haagadagi sammitiga taklif oldi. Bu haqda 2 iyun, duşanba kuni Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy Telegramʼda ma’lum qildi.
Ukraina davlati rahbarining sözlariga köra, taşqi işlar vaziri Andrey Sibixa öz hamkasblari bilan uçraşuv tafsilotlari, infratuzilma jihatlari va ehtimoliy natijalarni muhokama qiladi.
Ukraina prezidenti Ruminiya prezidenti Nikuşor Dan bilan suhbatida bu masalaga ham töxtalganini qöşimça qildi.
«Haagada bölib ötadigan NATO sammitiga alohida e’tibor qaratildi», — deb yozdi u.
Ukraina Ruminiyaning doimiy yordamiga, YeI va NATOga a’zolikni qöllab-quvvatlaşiga işonişi mumkin, deya qöşimça qildi Volodimir Zelenskiy. U Haagada Kiyevdan kim vakil bölişiga aniqlik kiritmadi.
24-26 iyun kunlari Haagada NATO sammiti bölib ötadi.
Britaniyaning The Daily Telegraph gazetasi 31 may kuni Yevropa davlatlari Kiyevga taklif yuborişga rozi bölganini yozgan.









