Rossiyaning Sankt-Peterburg şahrida politsiya tomonidan noqonuniy migrantlarga qarşi ötkazilgan reyd davomida 5 mingga yaqin xorij fuqarosi tekşirildi, ulardan 200 nafardan ortiği qölga olinib, ma’muriy javobgarlikka tortiş uçun hududiy politsiya boşqarmalariga olib ketildi, deb xabar berdi IIV viloyat boşqarmasi matbuot xizmati.
«Qölga olinganlarning aksariyati jarima va qonunbuzarliklarni bartaraf etiş zarurligi töğrisida ogohlantirişlar bilan jazodan ozod etildi. Biroq migratsiya qonunçiligini qöpol ravişda buzgan 30 nafarga yaqin xorijlik fuqaroga mamlakat hududini tark etiş zarurligi töğrisida ogohlantiriş berildi», deyiladi xabarda.
Reyd davomida olingan videoda politsiyaning quriliş maydonçalariga borgani, jamoat transportini tekşirgani, maşinalarni töxtatgani aks etgan.
Reydga kinolog va yöl harakati xavfsizligi xodimlari jalb qilingan. Yöl-patrul xizmati xodimlari 160 ga yaqin avtomaşinani tekşirib, 20 ga yaqin yöl harakati qoidasini buziş holatini aniqladi, deya xabar berdi IIV.
Politsiya «profilaktika çoralari» yaqin kunlarda ham davom etişini ta’kidladi.









