Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi prezidenti Li Çje Myonni lavozimga saylangani bilan tabrikladi va eng ezgu tilaklarini bildirdi.

Davlat rahbari maktubda Li Çje Myon rahbarligida Koreya Respublikasining intellektual va iqtisodiy qudrati yanada ösişiga, xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori va nufuzi mustahkamlanişiga işonç bildirdi.

«Biz Koreya Respublikasi bilan döstona va keng qamrovli aloqalarni yangi bosqiçga kötarişga alohida e’tibor qaratamiz. Aminmanki, sizning prezidentlik davringizda alohida strategik şeriklik munosabatlarimiz barça ustuvor sohalarda jadal rivojlanadi», deyiladi maktubda.

Mirziyoyev mamlakatlar örtasidagi köp qirrali va uzoq muddatli munosabatlarni yanada mustahkamlaş maqsadida Li Çje Myonni Özbekistonga rasmiy taşrif bilan kelişga taklif etdi.

Muxolif «Toburo» demokratik partiyasi nomzodi Li Çje Myon 3 iyun kuni Janubiy Koreyaning yangi prezidentiga aylandi. Byulletenlarning 97 foizi hisob-kitoblariga köra, Li Çje Myonga fuqarolarning 49,1 foizi ovoz bergan. Konservativ partiyadan unga raqiblik qilgan nomzod Kim Mun Su esa saylovçilarning 41,6 foiz qöllab-quvvatlovini töpladi.