Germaniya hukumati boşpana oliş huquqiga ega bölmagan xorijliklarni çiqarib yuborişni tezlaştirişga qaratilgan migratsiya siyosati böyiça ikkita taşabbusni ma’qulladi. 4 iyun, çorşanba kuni qabul qilingan har ikki hujjat Xristian-demokratik ittifoq (XDI) va Xristian-sotsial ittifoq (XSI), şuningdek, Germaniya sotsial-demokratik partiyasi (GSDP)dan iborat konservativ blokning koalitsiya muzokaralari çoğida avvalroq kelişilgan edi.

Taşabbuslarning birinçisi hukmron koalitsiyaga federal yerlar iştirokisiz migrantlar uçun xavfsiz kelib çiqiş mamlakatlarini aniqlaş huquqi berilişini nazarda tutadi. Gap tasniflaş tartibini soddalaştiriş hamda Bundestag va Bundesratning avval zarur bölgan ruxsatini bekor qiliş haqida ketmoqda, bu boşpana sörovlarini tezroq körib çiqiş va migrantlarni xavfsiz deb tan olingan mamlakatlarga qaytariş imkonini beradi.

Rejaga köra, Germaniya hukumati huquqiy va siyosiy vaziyatni baholaş asosida hamda qiynoqlar, ta’qiblar yoki ğayriinsoniy munosabat tahdidi bölmagan taqdirda davlatlarni mustaqil ravişda xavfsiz deb tasniflaşi mumkin böladi. AFP agentligi ta’kidlaganidek, ötmişda mamlakatlarni xavfsiz deb tasniflaş taşabbuslari köpinça Bundesrat tomonidan, ayniqsa hukumatlari tarkibiga "yaşillar" kirgan federal yerlar vakillari tomonidan rad etilgan.