AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya, Xitoy va Eron rahbarlaridan rad javobini oldi, vaholanki, ular bilan saylov kampaniyasi davomida tezda kelişuvga erişişga va’da bergan edi, deb yozdi Bloomberg.
Naşrning qayd etişiça, sönggi kunlarda Tramp prezident Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Jinping bilan muzokaralardan şikoyat qilgan. Garçi u birinçisi bilan 4 iyun kuni bölib ötgan suhbatni «yaxşi, ammo zudlik bilan tinçlikka olib kelmaydigan» deb ta’riflagan bölsa-da. Tramp Xitoy rahbarini «muzokaralar olib boriş juda qiyin» şaxs deb atadi. Eron bilan yadroviy kelişuv böyiça olib borilgan muzokaralar ham hali kutilgan natijalarni bermadi, deb ta’kidladi Bloomberg.
«Prezident bosim ötkazişi mumkin bölgan davlatlar Amerikaning döstlaridir, çunki ular munosabatlarni buzişni istamaydi, Amerikaning duşmanlari esa bu tavakkalçilikni öz zimmasiga olişga tayyor», dedi Kori Şeyk, Amerika tadbirkorlik institutining taşqi va mudofaa siyosati böyiça tadqiqotçisi.
Yana bir ekspert, Yevropa xalqaro aloqalar kengaşidagi AQŞ dasturi direktori Jyeremi Şapiro Trampning «avtoritar yetakçilar» bilan yaxşi munosabatda bölişini va «ularni köproq hurmat qilişini» ta’kidladi. Şuning uçun ularga tahdid qilişda va «teng manfaatli bölmagan bitimlar» tuzişda ehtiyotkor böladi.
AQŞ va Eron örtasida bilvosita muzokaralar aprel oyidan beri davom etmoqda va allaqaçon beş raund bölib ötgan. Tramp sözlariga köra, Vaşington Tehronning yadroviy qurolga ega bölişiga yöl qöymaydi, çunki u yadroviy texnologiyani tinç maqsadlarda rivojlantirişiga hojat yöq.
Eron kelişuv böyiça uranni boyitişdan voz keçmoqçi emas, ammo AQŞ sanksiyalari bekor qilinsa, heç qaçon yadro quroli işlab çiqarmaslik va yuqori darajada boyitilgan uran zaxiralaridan xalos bölişga tayyor.
Tramp ma’muriyati hokimiyatga kelganidan söng AQŞ Xitoy bilan savdo uruşiga kirişdi. Vaşington uşbu mamlakatdan import qilinadigan barça tovarlarga tariflarni 145 foizga oşirdi, Pekin esa 125 foiz miqdorida simmetrik çoralarni joriy qildi. May oyida Jyenevada bölib ötgan uçraşuvlarda tomonlar Xitoy tovarlariga AQŞ tariflarini 145 dan 30 foizga kamaytirişga va aksinça, Xitoyning AQŞ mahsulotlariga bojlarni 90 kunga 125 dan 10 foizga tuşirişga kelişib olgan edi. Şundan söng Pekin Vaşingtonni savdo kelişuvini «jiddiy buzganlikda» aybladi va öz manfaatlarini himoya qiliş çoralarini körişga va’da berdi.
Ukrainadagi mojaroni hal qiliş Trampning saylovoldi va’dalaridan biri edi. Biroq, respublikaçi uni qisqa vaqt içida hal qila olmadi. AQŞ muzokaralar jarayonidan oldinga siljiş bölmasa, uni tark etiş bilan bir neça bor tahdid qilgan. Rossiya va Ukraina örtasida Istanbuldagi sönggi muzokaralarda Amerika vakillari bölmagan. Ba’zi ommaviy axborot vositalari Tramp asta-sekin kelişuvdan çiqib ketayotgani va muzokaralardan köngli qolayotganini yozdi.









