Ötgan kun davomida jahonda röy bergan eng asosiy voqea va yangiliklar şarhi bilan kundalik xabarnomada taniştiramiz.
BMT: Isroilning Ğazodagi tinç aholiga hujumi uruş jinoyati bölişi mumkin
Isroil armiyasining Ğazo sektorida tinç aholiga qarşi uyuştirgan hujumlari xalqaro huquqni buzadi va oğir uruş jinoyati bölişi mumkin, dedi BMT Inson huquqlari böyiça oliy komissari Folker Turk.
Turk – yordam tarqatiş punktlariga uyuştirilgan hujumlar bilan boğliq bayonotida, voqeaning şoşilinç va xolis tergov qilinişi va javobgarlarning javobgarlikka tortilişi zarurligini ta’kidladi. U asosiy oziq-ovqat yordamini söragan falastinliklarga qilingan halokatli hujumlarni «ğayriinsoniy» deb ta’rifladi.
Komissarning aytişiça, Falastin aholisi amalda oğir tanlov oldida turibdi: oçlikdan öliş yoki humanitar yordam olişga urinayotganda halok böliş. Şuningdek, u Isroilni insonparvarlik yordami taqsimotini tartibga soluvçi xalqaro standartlarni buzganlikda aybladi.
Turk – tinç aholining oziq-ovqat, suv va boşqa hayotiy resurslarga kirişiga ataylab tösqinlik qiliş uruş jinoyati sifatida baholanişi mumkinligini ta’kidladi.
«Mana yigirma oydan beri tinç aholining öldirilişi, keng kölamli vayronagarçiliklar, majburan köçiriliş, Isroil rahbariyatining ğayriinsoniy ritorikasi, Ğazo aholisini ommaviy evakuatsiya qiliş tahdidi va uni oçlikdan öldirişga urinişlar – bularning barçasi xalqaro huquqning eng oğir jinoyatlari ta’rifiga kiradi», dedi u.
Avvalroq, Isroil askarlari humanitar yordam oliş uçun kelgan minglab ğazoliklarga harbiy texnikalar, xususan tank va dronlar yordamida öq uzayotgani xabar qilingan edi. 4 iyun kuni Ğazo sektorida uyuştirilgan hujumlar oqibatida 42 nafar falastinlik, jumladan ayollar va bolalar halok böldi. 2023 yil oktyabrdan buyon uyuştirilgan bosqinçilik hujumi natijasida halok bölgan ğazoliklar soni esa 54 ming kişidan oşib ketgan.
Tramp va Putinning suhbati
4 iyun kuni AQŞ prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat 1 soatdan köproq davom etgan.
Tramp va Putin Ukrainaning Rossiya aerodromlariga hujumini, şuningdek, har ikki tomon amalga oşirgan «boşqa hujumlar»ni muhokama qilgan.








