Balida suv uçun siğimi 1 litrdan kiçik bölgan plastik idişlarni işlab çiqariş töxtatiladi. Bu haqda orol gubernatori Vayan Koster Denpasarda ötkazilgan soha vakillari bilan uçraşuvda ma’lum qildi, deb xabar beradi Kompas.
Kosterning sözlariga köra, korxonalar kiçik hajmli idişlarni işlab çiqarişni töxtatişlari va qoldiq mahsulotlarni sotib yuborişlari kerak. Uning aytişiça, yangi çeklovlar orol ekologiyasiga tuşayotgan yuklamani kamaytiriş maqsadida qabul qilinmoqda.
«Balida siğimi 1 litrdan kiçik bölgan butilkalar qolmasligi kerak», — deydi u.
Gubernatorning ta’kidlaşiça, orolda çiqindilar uçun möljallangan poligonlarning aksariyati tölib ketgan. Çiqindilarning katta qismini bir martalik plastiklar, jumladan, suv idişlari taşkil etadi. u Bali turistlar orasida eng maşhur yönalişlardan biri bölib qolayotgani va atrof-muhit holati mintaqa iqtisodiyotiga töğridan-töğri ta’sir qilişini eslatib ötdi.
Şuningdek, Koster uşbu taşabbus markaziy hukumat tomonidan ma’qullanganini ham qöşimça qildi.









