Rossiya-Ukraina muzokaralari iştirokçilari bir-biridan olingan tinçlik takliflari bilan memorandumlar loyihasini örganişi va şundan keyingina muzokaralarning keyingi bosqiçi sanalarini kelişib olişi kerak.

Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov brifingda ma’lum qildi, deb xabar bermoqda 4 iyun, çorşanba kuni Rossiya davlat OAV.

«Almaştirilgan memorandumlar loyihalarini körib çiqiş uçun biroz vaqt kerak bölişi aniq», — dedi Kreml vakili. Hujjatlarni körib çiqqandan söng tomonlar keyingi bosqiç sanalarini kelişib olişi mumkin, dedi Peskov.

Uning sözlariga köra, uçraşuvlar çastotasi va Ukraina kelişuvi böyiça muzokaralarning siklik xarakterini standartlaştiriş qiyin: hammasi tomonlarning har bir raundni davom ettiriş istagiga boğliq böladi.

«Bu yerda har qanday, aytaylik, standartlaştirilgan siklni örnatiş mumkin emas, bu tomonlarning har bir raundni davom ettirişga tayyorligiga boğliq», dedi Kreml vakili muzokaralar jarayoni çözilib ketmasligi uçun uçraşuvlar qançalik tez-tez bölişi kerakligi haqidagi savolga javoban.

Aloqalar örnatilmoqda va aloqalarni örnatiş jarayonida maqbul muddatlar qidiriladi, deya qöşimça qildi Peskov.

2 iyun kuni Istanbulda Rossiya va Ukraina örtasida qayta tiklangan töğridan töğri muzokaralarning ikkinçi raundi bölib ötdi. Uçraşuv bir soatdan sal köproq davom etdi, delegatsiyalar rus tilida muloqot qildi. Tomonlar nizoli masalalarni hal etiş böyiça öz qaraşi bilan hujjatlar almaşdi.

Rossiya delegatsiyasi rahbari, prezident yordamçisi Vladimir Medinskiyning xabar berişiça, Rossiya Ukraina tomoniga ikki qismdan iborat memorandum topşirgan. Uning sözlariga köra, ikkinçi qismda öt oçişni töxtatişning bir qança yöllari taklif qilingan. Rossiya va Ukraina oğir kasal va yoş (25 yoşgaça) asirlarni «hamma uçun hamma» formatida almaşişga kelişib oldi — har tomondan kamida 1000 kişi. Rossiya frontning ayrim qismlarida 2-3 kunlik sulh tuzişni taklif qildi. Öz navbatida, Ukraina delegatsiyasi rahbari, mudofaa vaziri Rustem Umerovning ma’lum qilişiça, Kiyev navbatdagi yiğilişni 20-30 iyun kunlari ötkazişni taklif qilmoqda.