Germaniya kansleri Fridrix Mers Vaşingtonga birinçi taşrifi çoğida AQŞ prezidenti Donald Trampni Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini tugatiş harakatlaridagi «asosiy şaxs» deb atadi. «Biz bu uruş qançalik dahşatli ekani haqida bir fikrga keldik va uni tugatiş yöllarini izlayapmiz», dedi u 5 iyun, payşanba kuni Oval kabinetdagi muzokaralardan söng.

Mers Amerika prezidentini Rossiyaga bosimni kuçaytirişga çaqirdi va Ukrainadagi uruşni tugatiş uçun birgalikda harakat qilişni taklif etdi. Qöşma Ştatlar «bu uruşni tugatiş uçun juda kuçli pozitsiyada», deb tuşuntirdi u. «Biz qölimizdan kelgan barça işni qilişga tayyormiz», — deya qöşimça qildi Mers.

Şu bilan birga, u Rossiya uruş tajovuzkori va qözğatuvçisi ekanligini aniq ta’kidladi. «Biz Ukraina tomonidamiz», deb ta’kidladi u hamda Germaniya va Yevropa Ittifoqi Kiyevni kuçliroq qilişga harakat qilayotganini qöşimça qildi. Öz navbatida, Tramp bu borada aniq bir bayonot bermadi.

Germaniya kanslerini Oq uyda qabul qilar ekan, u Germaniyaning mudofaa xarajatlarini oşirişi haqida ijobiy fikr bildirdi. «Bilamanki, siz hozir mudofaa uçun köproq pul sarflayapsiz va bu ijobiy holat», — dedi u.