Iqtisodiyot | 13:02 / 06.06.2025
2465
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston Eron portiga sarmoya kiritib, maxsus terminal quradi

Tehronda Eron va O‘zbekiston o‘rtasida tranzit hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Foto: Transport vazirligi

Memorandum imzolash tadbiri Tehronda bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga (IHT) a’zo davlatlar transport vazirlarining 13-yig‘ilishi doirasida tashkil etildi.

Memorandum Eron transport va shaharsozlik vaziri Farzona Sodiq va O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov hamda Eron portlar va dengizchilik tashkiloti rahbari Said Rasuliy ishtirokidagi marosimda imzolandi.

O‘zaro anglashuv memorandumi doirasida tomonlar O‘zbekiston xususiy sektori uchun Eronning Shahid Rajai portiga sarmoya kiritish, maxsus terminal va logistika markazi qurish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratadi.

Mavzuga oid

E`lonlar