Qozoğistonning "Kazaxstanskaya pravda" elektron naşrining yozişiça, Toşkentda bölib ötgan "Bolalar uçun muloqot: Markaziy Osiyo va YUNISEF" yuqori darajadagi konferensiyasi doirasida Qozoğiston soğliqni saqlaş vaziri Akmaral Alnazarova va Özbekiston soğliqni saqlaş vazirlari Asilbek Xudoyorov örtasida muzokaralar bölib ötdi.
Tomonlar soğliqni saqlaş sohasidagi hamkorlikning ustuvor yönalişlari, jumladan, tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş, tibbiy yordam körsatişda tajriba almaşiş, birlamçi tibbiy-sanitariya yordami böyiça mamlakatlar koalitsiyasi doirasida özaro hamkorlik, şuningdek, Orolböyi aholisi salomatligiga ta’sir etuvçi ekologik omillarni kompleks örganişga qaratilgan qöşma ilmiy loyihalarni muhokama qildilar.
Muloqot çoğida bolalar salomatligini muhofaza qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Qozoğiston bolalar saratoni böyiça Xalqaro akademik markaz yaratişni taklif qilib, uni amalga oşirişda faol iştirok etişga tayyorligini bildirdi.
Şuningdek, Milliy ilmiy onkologiya markazi negizida Kattalar onkologiyasi va onkogematologiyasi böyiça xalqaro hab, şuningdek, UMC yurak markazi negizida bolalar kardiojarrohligi xalqaro habini taşkil etiş, jumladan, qoraqalpoğistonlik bolalarga yordam körsatiş imkoniyatlarini ham taklif etildi.
Uçraşuv yakunlari böyiça joriy yilda Özbekistonda qozoq tibbiyoti kunlari va 2026 yilda Qozoğistonda özbek tibbiyoti kunlarini ötkaziş böyiça kelişuvga erişildi.
Tomonlar, şuningdek, soğliqni saqlaş sohasida Xalqaro hab taşkil etiş taklifini qöllab-quvvatladi.

















