Slovakiya parlamenti (Milliy kengaş) hukumat a’zolarini Rossiyaga qarşi yangi sanksiyalar va savdo çeklovlarini qabul qiliş uçun xalqaro taşkilotlarda ovoz bermaslikka çaqiruvçi rezolyutsiyani ma’qulladi. Bu haqda 5 iyun, payşanba kuni Reuters axborot agentligi va Slovakiyaning SME kundalik gazetasi xabar berdi.
Unga köra, hujjatni qabul qiliş uçun 150 nafar deputatdan 51 nafari ovoz bergan. Reuters agentligining ta’kidlaşiça, parlament majlisida köplab qonun çiqaruvçilar iştirok etmagan. Muxolifat sönggi daqiqada majlis zalini tark etişga qaror qildi.
Qonun loyihasi öta millatçi konservativ Slovakiya milliy partiyasi deputatlari tomonidan körib çiqiş uçun taqdim etilgan. Matnni Slovakiya boş vaziri Robert Fitso boşçiligidagi «Yönaliş – sotsial-demokratiya» partiyasining köpçilik qonun çiqaruvçilari ham qöllab-quvvatladi, deb yozadi Reuters. Şu bilan birga, ikkinçi yirik hukmron «Ovoz» partiyasidan bor-yöği uç deputat ularga qöşildi.
Qaror «hukumat a’zolarini... Rossiya Federatsiyasiga qarşi yangi sanksiyalar va savdo çeklovlarini qabul qiliş uçun ovoz bermaslikka majbur qiladi», deyiladi parlament saytidagi hujjat matnida. Biroq, bu vazirlar çeklovlarni tösib qöyişi yoki ularga qarşi ovoz berişi kerakligini bildirmaydi, deya aniqlik kiritadi Reuters.
Dennikn.sk onlayn gazetasi huquqşunosga tayanib, öz navbatida, rezolyutsiya majburiy emasligini ma’lum qildi.









