Taşrif doirasida mamlakat delegatsiyasi vakillari Lahor şahrida böldi va Lahor Savdo-sanoat palatasi, Umumpokiston töqimaçilik işlab çiqaruvçilari uyuşmasi, töqimaçilik, teri va junni qayta işlaş kompaniyalari bilan qator uçraşuvlar ötkazdi.
Xususan, Taba Group holdingi tarkibiga kiruvçi Yunus Textile Mills kompaniyasi bilan uy töqimaçiligi yönalişida qöşma loyihalarni amalga oşiriş masalalari muhokama qilindi. Pokiston kompaniyasi Özbekistondagi kam quvvatda işlayotgan yoki faoliyatini töxtatgan korxonalar bazasida qöşma loyihalarni oşirişdan manfaatdorligini bildirdi. Uçraşuv yakunida tomonlar özaro anglaşuv memorandumini imzoladi.
Sapphire kompaniyasi rahbariyati bilan esa Özbekistonda kiçik yoşdagi bolalar uçun kiyim-keçak işlab çiqariş, ip-kalava va paxta çiqindilarini import qiliş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşildi.
Şuningdek, Lahor Savdo-sanoat palatasida 50 dan ortiq işbilarmon doira vakillari bilan davra suhbati ötkazildi. Yiğilganlarga Özbekistonning investitsion salohiyati, hududlarda amalga oşirilayotgan loyihalar, erkin iqtisodiy zonalar, eksportbop mahsulotlar böyiça batafsil ma’lumot berildi.
Palata raisi Mian Abuzar Şad bilan keçgan muloqot natijasida özaro savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada mustahkamlaş, eksportni diversifikatsiya qiliş, birgalikda töqimaçilik, çarm-poyabzal, quriliş materiallari, tibbiyot anjomlarini işlab çiqariş sohalarida hamkorlik istiqbollari belgilab olindi.
Umumpokiston töqimaçilik işlab çiqaruvçilari uyuşmasi bilan ötkazilgan uçraşuvda mamlakatdagi töqimaçilik sohasida kam quvvatda işlayotgan korxonalarni pokistonlik hamkorlarga boşqaruvga beriş va uçinçi mamlakatlar bozorlariga eksportni yölga qöyiş masalalari körib çiqildi.
Uyuşma rahbari töqimaçilik sohasida özbekistonlik hamkorlarni har tomonlama qöllab-quvvatlaşga tayyorligini ma’lum qilib, joriy yil iyul oyida Özbekiston korxonalari bilan tanişiş uçun mamlakatga keliş istagida ekanligini ma’lum qildi.
Bundan taşqari, Özbekiston delegatsiyasi iştirokida Lahor şahrida "Özbekiston savdo uyi"ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbir yakunida Özbekiston Savdo-sanoat palatasi va Pokistonning yetakçi Diner’s Group kompaniyasi örtasida birgalikda "Özbekiston savdo uyini" faoliyatini yölga qöyiş töğrisida hamkorlik memorandumi imzolandi.









