AQŞ prezidenti Donald Tramp va Tesla hamda SpaceX kompaniyalari egasi, Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) sobiq rahbari Ilon Mask 5 iyun kuni ijtimoiy tarmoqlar orqali keskin ziddiyatga kirişdi. Xususan, Tramp Maskning kompaniyalarini subsidiyalardan mahrum etiş bilan tahdid qildi, u esa bunga javoban SpaceX zudlik bilan Dragon kosmik kemasining ekspluatatsiyasini töxtatişini ma’lum qildi.
Mojaroning keskin bosqiçi Tramp Oq uydagi matbuot anjumanida Maskni respublikaçilarning soliq imtiyozlari va budjetni uzaytiriş töğrisidagi qonun loyihasiga sönggi hujumlari uçun tanqid qilişi bilan boşlandi.
«Men uning qonun loyihasini emas, meni tanqid qilişini afzal körgan bölardim, çunki qonun loyihasi aql bovar qilmaydigan darajada ajoyib», – dedi Tramp. U Tesla rahbari «elektromobil sanoati uçun milliardlab dollarlik rağbatlar olib taşlanganidan jahli çiqqani»ni taxmin qildi va Mask hujjat bilan «avvalboşdan yaxşi taniş bölgani»ni ta’kidladi.
Mask Trampga X ijtimoiy tarmoğidagi posti bilan javob berdi. U elektromobil işlab çiqaruvçilarga imtiyozlarni bekor qiliş böyiça qonun loyihasi tafsilotlaridan xabardorligi haqidagi gap yolğonligini aytdi, şuningdek, özining qöllab-quvvatlovisiz Tramp prezidentlik saylovlarida ğalaba qozona olmagan, respublikaçilar esa AQŞ Kongressi Vakillar palatasida nazoratni qölga ololmagan bölardi, deb aytdi. «Qanday noşukrlik», – dedi u.
Tramp, öz navbatida, Truth Social ijtimoiy tarmoğida Mask kompaniyalariga subsidiyalar berişni töxtatiş mumkinligiga işora qildi. «Budjetdan milliardlab va milliardlab dollarlarni tejaşning eng oson yöli – Ilonning davlat subsidiyalari va şartnomalarini töxtatiş. Men har doim Bayden nega bunday qilmaganiga hayron bölardim!» – deb yozdi u. AQŞ prezidenti, şuningdek, hukumatni tark etişni söraganida Mask «aqldan ozayozgani» haqida yozgan.
Mask bunga javoban «haqiqiy bombani taşlaş» vaqti kelganini aytdi va Tramp «Epşteyn fayllari» deb ataladigan hujjatlarda borligini yozdi – bu voyaga yetmaganlarni jinsiy ekspluatatsiya qiliş maqsadida savdo qiliş va ularni fohişalikka undaşda ayblangan moliyaçi Jyeffri Epşteyn haqidagi hujjatlar. «Bu fayllarning heç qaçon naşr etilmaganining haqiqiy sababidir», – deb yozadi Mask. U öz sözlariga heç qanday dalil keltirmagan.
Şundan söng Mask öziga tegişli SpaceX kompaniyasi Dragon kosmik kemasini ekspluatatsiya qilişni töxtatişini ma’lum qildi. Hozirda bu NASA kosmonavtlarni Rossiya «Soyuz» kemalari yordamiga murojaat qilmasdan Xalqaro kosmik stansiyaga yetkazib bera oladigan yagona Amerika kemasidir.
«Prezidentning mening davlat şartnomalarimni bekor qiliş haqidagi bayonoti munosabati bilan SpaceX özining Dragon kosmik kemasini zudlik bilan ekspluatatsiyadan çiqarişni boşlaydi», – deb yozdi Mask. Şuningdek, u Trampga impiçment e’lon qilinişi va uning örniga vitse-prezident Jyey Di Vens tayinlanişi kerakligini aytdi.










