Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alyumin sexida 1,8 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
«O‘zenergoinspeksiya» Farg‘ona viloyat hududiy boshqarmasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar va gaz ta’minoti korxonasi ishtirokida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda, Dang‘ara tumani «Navbahor» MFYda joylashgan «A.M.» MChJga qarashli alyuminni qayta ishlash sexida hisoblagichdan tashqari yashirincha baypas gaz quvuridan noqonuniy holatda tabiiy gazdan foydalanilgani aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 805 million so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
09:00
Farg‘onada qariyb 6 kg «gashish» musodara qilindi
17:55 / 03.07.2026
Farg‘onada qalbaki xorijiy pasport tayyorlash bilan shug‘ullanib kelgan shaxslar qo‘lga olindi
10:25 / 17.06.2026
Farg‘onada yong‘in oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
08:45 / 15.06.2026