Agar Qöşma Ştatlar Ukrainaga harbiy yordamni töxtatsa, zarur «siyosiy iroda»ga ega bölgan Yevropa Ittifoqi davlatlari bu ta’minotni almaştiriş yölini topa oladi. Bu fikrni Bundesver general-mayori Kristian Froyding 6 iyun, juma kuni çop etilgan Reuters agentligiga bergan intervyusida bildirdi.

Froyding Germaniya Mudofaa vazirligida Rossiyaning qöşni davlatga keng kölamli bostirib kirişi boşlanganidan köp ötmay taşkil etilgan Ukraina böyiça vaziyat markazini boşqaradi. Bu bölinma Germaniyaning Ukrainaga harbiy yordamini muvofiqlaştiradi, u hajmi böyiça AQŞdan keyin ikkinçi örinda turadi.

Kristian Froyding Berlin va Ukrainaning boşqa ittifoqçilari Amerikaning Kiyevga bergan harbiy yordamini qoplaşga qodir ekaniga «qat’iy amin». «Ukrainaga qarşi uruş bizning qit’amizda, Yevropa xavfsizligiga qarşi ham olib borilmoqda», — dedi nemis generali. «Agar siyosiy iroda bölsa, Amerika kömagining örnini bosadigan vositalar topiladi».