Farğona viloyati Oltiariq tumani Azimobod mahallasida joylaşgan 680 öringa möljallangan 26-maktab 1999 yilda qurilgan bölib, bino yaroqsiz holatga kelib qolgan edi. Maktab yoşidagi 950 nafar öquvçilarning aksariyati olis masofaga qatnab ta’lim olişardi.
Ana şu maktab negizida tuman prokurori taşabbusi, tadbirkorlar kömagi bilan loyihaviy qiymati 10,5 mlrd sömga baholangan 480 örinli zamonaviy maktab binosi foydalanişga topşirildi. Buning natijasida ta’lim dargohi siğimi 1 160 nafarga yetkazildi.

Şuningdek, 1978 yilda qurilgan 180 örinli 22-sonli davlat maktabgaça ta’lim taşkilotida 260 nafar tarbiyalanuvçi ta’lim olayotgan bölsa-da, qöşimça 400 nafar maktabgaça ta’lim yoşiga yetgan bolalar uçun yangi boğçaga ehtiyoj bor edi.

Bunga ham yeçim topildi. Tadbirkorlar tomonidan qiymati 7 mlrd sömlik 320 örinli yangi qöşimça (jami 500 örinli) bino jihozlari bilan qurib bitkazilib, foydalanişga topşirildi.


Bundan taşqari, tadbirkorlar tomonidan Böston mahallasi yangi maktabgaça ta’lim taşkiloti va maktab filiali uçun yangi bino qisqa fursat içida qurib berildi.
Reklama huquqi asosida







